Jahon | 18:00 / 07.04.2016
1931
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko Ukraina yevrointegratsiya yo‘lida sobit ekanini ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Ukraina assotsiatsiyasining Yevropa Ittifoqi bilan Niderlandiyadagi referendumi Yevropaga qo‘yilgan yo‘ldan qaytara olmasligini bildirdi. Bu haqda Ukraina prezidentining saytida ma'lum qilindi.
Bu bilan u referendumning dastlabki natijalariga izoh berdi.
“Yana takrorlayman – biz yevrointegratsiya yo‘lidan qaytmaymiz. Ukrainani, xuddi ozodlik singari to‘xtatib bo‘lmaydi”, - ta'kidladi Poroshenko.