Jahon | 15:32 / 07.04.2016
1994
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Al-Qaryatayn shahri terrorchilardan butunlay ozod etildi

3 aprel kuni Suriya hukumat qo‘shinlari IShID jangarilarini Homsdan 85 kilometr janubi-sharqda joylashgan shahardan quvib chiqargan. Ularga ko‘ngillilardan tuzilgan harbiy guruhlar yordam bergan.

Suriya arab axborot agentligi (SANA) tarqatgan xabarlarga ko‘ra, shahar bugunga kelib butunlay jangarilardan tozalangan va Suriya armiyasi nazorati ostida bo‘lib turibdi. Shaharning sharqiy va janubiy chekkalaridagi jangarilarning qoldiqlari ham yo‘q qilingan. Shahar markazida Suriya bayrog‘i o‘rnatilgan.

Suriya armiyasi Rossiya harbiy havo kuchlari ko‘magida Palmira shahrini ozod etganidan bir hafta o‘tgach, Al-Qaryataynni jangarilardan tozalashga erishdi. Asosan, nasroniy arablar istiqomat qiluvchi shahar 2015 yil 4 avgustida jangarilar tomonidan egallab olingan edi. Bungacha Al-Qaryataynda 40 mingga yaqin kishi yashab kelgan.