Jahon | 10:11 / 08.04.2016
2155
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton metroga tushishda muammoga duch keldi

Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton 7 aprel kuni nyu-yorklik saylovchilar bilan uchrashuv davomida metroga tushishga qaror qildi.

"Biroq sobiq davlat kotibi yer osti yo‘lida qiyinchiliklarga duch keldi: u turniketdan besh marta uringanidan keyingina o‘ta oldi", deb xabar beradi Politico.

5 aprel holati bo‘yicha AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yish poygasida Klinton avvalgi o‘rinda turibdi. Vermont shtati senatori Berni Sanders 1048 nafargina delegatning xayrixohligiga ko‘z tikkan paytda, Klinton 1738 nafar delegatning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishi mumkin. O‘z nomzodini kafolatli ilgari surish uchun 2383ta ovoz to‘plash lozim.

Iyul oyida Demokratik va Respublika partiyalari milliy konvent o‘tkazib, o‘z nomzodlarini aniqlashadi. AQSh prezidentligiga saylovlar 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.