Sport | 19:03 / 10.04.2016
2516
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida futbol o‘yinini to‘xtatib, darvozabonning sochini olishdi

Saudiya Arabistoni chempionatida futbolga xos bo‘lmagan hodisa ro‘y berdi. Rasmiylar 21 tur doirasida "Al-Shabob" va "Al-Qodisiya" o‘yini vaqtida mezbon jamoa darvozaboni Volid Abdullaning sochini islom diniga xos emas deb topishdi.

Tunisia Today xabariga ko‘ra, mehmonlarni mezbonlarga darvozabonining soch turmagi haqorat kabi tuyulgan shundan so‘ng ularning talabi bilan o‘yin to‘xtatilgan. Jamoaga 2 variant taklif qilingan: yoki darvozabonni almashtirish yoki uning sochini tartibga keltirish. Murabbiy esa ikkinchi variantni tanlagan va darvozabonning sochini maydon chetida tekislashgan.

Bu o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qilishgan. "Al-Shabob" "Al-Hilol"ga qarshi o‘ynaydi va Volid Ablulla bu uchrashuvda ishtirok etmaydi.

Futbolchilarning soch turmaklari bo‘yicha Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan yangi tartiblarga ko‘ra, "futbolchilar va sportchilarning diniy tuyg‘ularni toptashi mumkin bo‘lgan, Islom diniga zid hisoblanadigan soch turmaklari va tashqi ko‘rinishda bo‘lishi" taqiqlanadi.