Fan-texnika | 20:53 / 10.04.2016
2495
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda bolalarni dasturlash asoslariga o‘rgatuvchi robot yaratildi

Xitoyning Makeblock kompaniyasi to‘rtinchi marta bolalarni dasturlash asoslariga o‘rgatuvchi Codeybot robotini ishlab chiqarishga mablag‘ yig‘ish uchun Kickstarter saytiga qaytib keldi.

Gap an'anaviy kodlar jamlanmasi haqida emas, balki algoritmlarning tushinilishi va tuzilishi haqida ketmoqda.

Codeybot robotini Kickstarter sayti orqali 99 dollarga buyurtma berish mumkin. Robot deyarli barcha tekis yuzaliklarda yura oladi va yiqilmaslik uchun o‘z balansini ushlab turadi. Uning old tomoni diod lampalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular robot hissiyotlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Maxsus o‘yin ko‘rinishidagi iOS mobil dasturi orqali bolalar Codeybot`ga vazifalar berib, harakatlarning ketma-ket algoritmlarini yaratishadi.