Jahon | 21:41 / 11.04.2016
1731
1 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev bosh vazir Temir Sariyevning iste'fosi haqidagi buyruqni imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika bosh vaziri Temir Sariyevning iste'fosi haqidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Hujjatda quyidagilar aytilgan:
- Bosh vazir Temir Sariyevning iste'fosi qabul qilinsin.
- Hukumat iste'foga chiqqan deb hisoblansin.
- Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a'zolari lavozimlarini egallab kelgan shaxslar hukumatning yangi tarkibi shakllanguniga qadar respublika hukumati a'zolari majburiyatlarini bajarishda davom etadi.

Hujjat imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni vazirlar mahkamasining navbatdan tashqari yig‘ilishida Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev iste'fo berishi haqida ma'lum qildi.