Xitoyning o‘zi boshqariluvchi mashinalari Chuntsindan Pekinga yo‘l oldi
Xitoyning Changan Automobile avtokonserni o‘zining o‘zi boshqariluvchi mashinalari uchun test-drayv boshladi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Ikkita haydovchisiz avtomobil Xitoyning eng yirik shaharlaridan biri – Chuntsindan poytaxt Pekingacha 2000 km yo‘l bosib o‘tadi.
Avtokonsernning tadqiqot bo‘limi bosh muhandisi Li Yushenning aytishicha, bu o‘tish mashinalarni turli sharoitlarda sinashga imkon beradi. Hozircha avtomobillar shahar yo‘llarida va trassalarda yaxshi natijalar ko‘rsatdi, biroq pulli trassalar va yoqilg‘i quyish stansiyalarida haydovchilarning aralashuvi kerak bo‘ldi, deb izoh bermoqda Li.
"Biz sensorlar va ma'lumotlarni qayta ishlash usullarini modellarni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlash uchun yaxshilamoqchimiz", deb aytdi bo‘lim direktori o‘rinbosari Tan Benxun.
Changan haydovchisiz mashinalari funksiyalari qatoriga to‘liq tezlikda ishlovchi adaptiv kruiz-kontrol, tirbandliklarda harakatlanishda yordam beruvchi tizim va qatorlar bo‘yicha avtomatik saflanish kiradi.
Kompaniya o‘zining bu mashinalarini 2018 yildan boshlab sotishni boshlamoqchi.