Sport | 11:39 / 13.04.2016
2220
2 daqiqa o‘qiladi

Futbol mavsumining eng yovvoyi o‘yini

Oklendda futbol tarixidagi eng qaqshatqich o‘yin bo‘lib o‘tdi. Okeaniya chempionlar ligasi doirasida Samoa orollarining “Kivi” va Fiji orollarining “Nadi” jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda “Nadi” jamoasi ikki to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchray boshladi. Klub bosh murabbiyining zaxirasida esa uch futbolchi bor edi xolos. Murabbiy Ueysek Tabakavani maydonga tushiradi. Ammo u ko‘p o‘tmay qizil kartochka olib maydondan chetlashtiriladi. 

Hisob oldingidek qoladi, ammo “Nadi” mag‘lubiyatni tan olishni istamaydi. Fijiliklar hujumchisi Vireti Dikson ham qizil kartochka olib maydondan chiqib ketadi. O‘yin tugashiga yetti daqiqa qoladi, jamoa 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchramoqda. Barchasi tugagandek...

O‘yin tugashiga uch daqiqa qolganda Anish Kem hisobni qisqartiradi — 3:2. O‘yinchi ochiqdan ochiq vaziyatda o‘yindan tashqari holatda qolib gol uradi va bu gol hisobga olinadi. Natija 3:3. Qo‘shimcha daqiqalar boshlanadi.

Xullas o‘yinchilarning qo‘polligi va hakamlarning qo‘polligi oqibatida jamoalar sakkiz kishiga sakkiz kishi qolib o‘yinni davom ettirishadi.