Iqtisodiyot | 10:20 / 13.04.2016
2352
1 daqiqa o‘qiladi

OPeK jamg‘armasi suv ta'minotini yaxshilash uchun O‘zbekistonga kredit taqdim etdi

OPeK tashkilotining xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi 2016 yil birinchi choragida Samarqand viloyati aholisini ichimlik suv bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida 11 million AQSh dollari miqdorida kredit berdi.

OPeK jamg‘armasi taqdim etgan mablag‘lar, «Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani aholisini ichimlik suv bilan ta'minlash» loyihasi ijrosiga yo‘naltirilgan. Uning umumiy qiymati 36,38 mln dollarni tashkil etadi.

Loyiha tumanning 80ta aholi punktidagi aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida suv qazib oluvchi burg‘ilash uskunalarini o‘rnatish, mavjudlarini ta'mirlash, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutadi.