Jahon | 16:24 / 14.04.2016
2351
1 daqiqa o‘qiladi

Samolyotning qaltis ko‘tarilishi, suratkashning hayotiga xavf soldi

Hayotda kam uchraydigan jarayonlarni tasmaga muhrlash uchun ayrim kishilar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Ana shunday insonlardan biri Karib dengizi orollaridan biri bo‘lmish Sen-Bartelemidagi Gustav III aeroportiga yo‘l oldi. U dunyodagi eng xavfli aeroportda samolyotlar parvozi tasvirini olishni niyat qildi.

Gap shundaki, aeroportdagi uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi 640 metrni tashkil etadi. Bundan tashqari u doim transport qatnovi bo‘lib turgan yo‘lda joylashgan. Xullas, u samolyot parvozini suratga olayotgan vaqt havo kemasi shunday qaltis ko‘tarildiki, sal qolganda suratchining hayotiga nuqta qo‘yar edi.