Fan-texnika | 17:26 / 15.04.2016
2997
3 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar eng yaxshi avtomobil intererlarini ma'lum qilishdi

Amerikaning Ward’s Auto nashri «10ta eng yaxshi avtomobil saloni» yillik tanlovi natijalarini e'lon qildi. Jurnalning sakkiz nafar muharriri ikki oy mobaynida 47ta mashina intererini o‘rganib, ularning dizayni, didi, qo‘llanilgan materiallar sifati, ergonomikasi, xavfsizligi, elektron tizimlardan foydalanish qulayligi va boshqa jihatlariga e'tibor qaratishgan.

Ward’s Auto vakillarining qayd etishlaricha, bu safar lyuks mashinalari ishlab chiqaruvchilar ustunlik qilgan. Avvallari eng yaxshi intererli modellar ro‘yxatiga premium sinfining 3ta modeli kira olgan, xolos.

2016 yilgi ro‘yxatdan ommaviy ishlab chiqariluvchi modellardan atigi to‘rttasi kira olgan. Bular: Honda Civic, Nissan Maxima sedani, Chrysler Pacifica miniveni va Chevrolet Camaro sportkari.

"Albatta, g‘oliblar orasidan ko‘pchilik xarid qila oladigan o‘rta qiymatdagi mashinalarning o‘rin olishi quvonarlidir. Aslida, AQShdagi yangi avtomobilning o‘rtacha narxi 33 ming dollargacha ko‘tarilganini e'tiborga oladigan bo‘lsak, “o‘rta qiymatli mashina” tushunchasini yana bir bor aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq", – degan Ward’s Auto bosh muharriri Dryu Vinter.

Shunday qilib, tanishing:

Ward’s Auto jurnali talqini bo‘yicha 10ta eng yaxshi intererga ega model.
Modeli Narxi

Audi TTS 58 500 dollar


BMW 7-Series 129 245 dollar


Cadillac XT5 63 845 dollar




Chevrolet Camaro 46 095 dollar




Chrysler Pacifica 48 455 dollar


Honda Civic 27 335 dollar


Lexus RX 52 968 dollar


Mercedes-Benz GLC 54 360 dollar


Nissan Maxima 38 750 dollar


Volvo XC90 84 005 dollar

Ward’s Auto jurnalining o‘tgan yilgi shu mavzudagi tanlovi g‘oliblari esa, quyidagi avtomobil modellari bo‘lgan edi: BMW i3, Chrysler 300C, Ford F-150, GMC Canyon, Honda Fit, Jeep Renegade, Kia Sedona, Mazda6, Mercedes-Benz C-Class va Nissan Murano.