Fan-texnika | 16:32 / 15.04.2016
2362
2 daqiqa o‘qiladi

Nissan Leaf elektrokari haydovchi fikrini "o‘qishga o‘rgatildi"

Nissan kompaniyasi Leaf elektrokarini haydovchi fikrlarini sezishga o‘rgatdi. Avtomobilning maxsus modeli ushbu rusumli mashinalarning 5 yoshga to‘lishi munosabati bilan ishlab chiqildi. Haydovchining fikrlarini topayotgan avtomobil videolavhasi yapon ishlab chiqaruvchisining YouTube portalidagi rasmiy sahifasiga joylangan.

Leaf’ga o‘rnatilgan maxsus tibbiy qurilma, inson miyasi faoliyatining to‘lqinlarini, xususan, inson diqqati bir joyga to‘plangan va yoki bo‘shashgan vaqtidagi alfa-to‘lqinlar hamda biror narsani o‘ylayotgan yoxud biron muammo ustida bosh qotirayotgan vaqtida tarqatadigan beta-to‘lqinlarni ilg‘aydi.

Shundan so‘ng, 30 kishidan avtomobilda maxsus trassada aylanib kelishni iltimos qilishgan. Qurilmaning sezgir qismi haydovchi boshiga taqilgan, mashina bortidagi qurilma uning fikrlarini proyektor yordamida yo‘lda aks ettirgan.

Nissan Leaf 109 ot kuchiga ega elektr motor va 30 kilovatt soat hajmli batareyalar to‘plami bilan jihozlangan. U bir marta quvvatlangach, 250 kilometrni bosib o‘ta oladi. Ishlab chiqaruvchining fikricha, Leaf dunyodagi eng ommabop elektromobil hisoblanadi.