Jamiyat | 17:05 / 18.04.2016
2952
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda ishchilar "buldozerlar jangi" o‘tkazishdi

Xitoyning Xebey viloyatida ishchilar "buldozerlar jangi"ni uyushtirishdi.

The South China Morning Post xabariga ko‘ra, bu janjal mijozlar uchun raqobat ortida kelib chiqqan. Avvaliga ikki raqib firmaning 2 xodimi o‘rtasida dahanaki janjal kelib chiqqan, keyin ular o‘z texnikalari vositasida munozarani hal qilmoqchi bo‘lishgan. Bu jarayonga ularning sheriklari qo‘shilgan.

Voqea joyiga politsiyachilar yetib kelgach, ziddiyat bartaraf etilgan.