Jahon | 11:29 / 20.04.2016
2422
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus bosh vazir o‘rinbosari internet haqida fikr bildirdi

Belarus bosh vazir o‘rinbosari Anatoliy Kalinin mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan eng yirik IT-ko‘rgazma TIBO-2016da jurnalistlarga intervyu bergan. Uning videolavhasi «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi «Chay z malinavym varennem» guruhida joylashtirilgan.

"Bizning aksar fuqarolarimiz, IT-texnologiyalar va internet-resurs foydalanuvchilaridir; 9,5 mln fuqarodan 13 mlnga yaqin fuqaromiz abonentlik ilovasi hamda foydalanishga ega. Bu shundan dalolat qiladi, har bir foydalanuvchiga eng zamonaviy trafiklardan tatbiq etish uchun, talab-qiziqishi borasida o‘z imkoniyatlarini integratsiya va rivojlantirish uchun resurs yaratilgan», — deya mulozim so‘zlarini o‘zgarishsiz keltiradi Gazeta.Ru

Lavhaga foydalanuvchilar qoldirgan izohlarda, Kalinin nima demoqchi bo‘lganini tushinishga harakat qilishgan. Ayrimlar belaruslik mulozim so‘zlarini dunyoning boshqa yetakchilari so‘zlariga ham qiyoslashgan.

Internet foydalanuvchilari ma'murning 9,5 milliondan 13,5 million degan so‘ziga ham e'tibor qaratishgan. Bu esa 144 foiz demakdir.