Fan-texnika | 11:12 / 20.04.2016
2397
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda avtomobillar festivali boshlandi

Eng noyob, eng kamyob, eng nodir, eng qimmat, eng, eng...

Dubayda bo‘lib o‘tayotgan avtomobillar festivaliga kelgan mashinalarni ta'riflash shunday davom etadi xolos, undan boshqacha emas. Avtomobil dvigatelining ajoyib ishlashi va ichki salonini did bilan o‘zgartirishga oid namunalar guvohini bo‘lishni istagan kishi Dubayga shoshilishi lozim.

Axir festival atigi 3 kun davom etadi. Unda qatnashish uchun, nafaqat mintaqa yoki turli mamlakatlardan, balki boshqa qit'alardan ham kelishadi.

Xususan, Avstraliyadan kelgan Timning aytishicha, uning oxirgi marta xarid qilgan mashinasi "Shevrole" rusumiga tegishlidir. U 1941 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, konveyerdan chiqqan oxirgi mashinalardan biridir.

Tim esa, qulaylik va xavfsizlik nuqtai-nazaridan kelib chiqib, bugungi kun talablariga mos ravishda uni tyuning qilgan.

Umuman olganda, mijoz xohish-istaklariga ko‘ra, har qanday avtomobilga turlicha jilo va ishlov berish mumkin, deyishadi festival tashkilotchilari.

Buning uchun talab etiladigan pulni to‘lash kifoya. Mashinangizga xohlagan bo‘yoq yoki suratni anjumanning o‘zida chizdirishingiz imkoniyati mavjud.

50 yillar avval, Dubayda "sahro kemasi" ham deb ataladigan tuyalar yurar edi. Bugun esa, ularning o‘rnini qimmatbaho avtomobillar egalladi.