Jahon | 17:57 / 21.04.2016
4279
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti pedofillarni kimyoviy yo‘l bilan bichish haqidagi qonunni imzoladi

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev, "Bolalar huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unda pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya shaklida keskin jazo chorasi qo‘llashga ruxsat beriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti rasmiy sahifasida e'lon qilingan.

Yangi qonun, respublika normativ-huquqiy hujjatlari, xususan jinoyat, ma'muriy huquqbuzarliklar, shuningdek, "Xalq salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi" kodekslariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. Ularga ko‘ra, bolalarga jinsiy tajovuz yoki zo‘rlash jinoyatlarini sodir etgan pedofillarga jazo tariqasida majburiy ravishda tibbiy-kimyoviy kastratsiya amaliyotini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, huquqiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalar haqida ma'lumotlarni taqdim etish muddati va tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik ham kuchaytirilgan.