Sport | 07:51 / 22.04.2016
1921
2 daqiqa o‘qiladi

APLning qoldirilgan uchrashuvida «Arsenal» «Vest Bromvich»ni yengib, 3-o‘ringa qaytdi

Angliya chempionati 30-turidan qoldirilgan o‘yinda «Arsenal» o‘z maydonida «Vest Bromvich»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Aleksis Sanches hisobni ochdi. 38-daqiqada uning o‘zi ikkinchi golni urib, dubl muallifiga aylandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Arsen Venger jamoasi ochkolar sonini 63taga yetkazib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shuningdek, bu londonliklarning APL tarixidagi 500-g‘alabasi edi.

Shu tariqa «Arsenal» APLda 500ta g‘alaba qayd etgan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Bu natijaga birinchi bo‘lib «Manchester Yunayted» erishgan.

Angliya chempionati, 30-tur

Arsenal – Vest Bromvich 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 6 Sanches, 2:0 – 38 Sanches.
Arsenal – Chex, Belerin, Mertesaker, Koselni, Monreal, El-Nenni, Remzi, Sanches (Uolkott, 86), Ozil (Kempbell, 86), Ivobi (Koklen, 82), Jiru.
Vest Bromvich – Foster, Douson, Makoli, Evans, Chester (Olsson, 46), Fletcher, Yakob, Sandro (Rondon, 46), Sessenon, Beraxino, Makkleyn (Gardner, 65).
Ogohlantirish: Makoli (41).