Jamiyat | 19:53 / 22.04.2016
5182
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Agar sizda churra bo‘lsa, darhol shifokorga uchrang

Agar churrangiz bo‘lsa, undan darhol xalos bo‘lish zarur. Agar sizda churra bor deb hisoblasangiz, bu ma'lumot siz uchun.

Churralar har doim ham bezovta qilavermaydi. Ba'zi odamlar butun umrlari davomida churra bilan yashashi mumkin.

Biroq kasallik qo‘zg‘alsa, o‘z-o‘zidan bezovtalik, og‘riq paydo bo‘ladi. Agar shifokorlarning churrani davolash va kichraytirish harakatlari besamar ketsa, unda bo‘g‘ilish yoki nafas yetishmovchiligi xavfi paydo bo‘ladi.

Agar shunday xavf sezsangiz, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qiling, aks holda keyin jarrohga murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi.