Jahon | 11:06 / 24.04.2016
1868
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya Liviyaga IShID bilan kurashish uchun qo‘shin yuborishi mumkin

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filipp Xammond kelgusida hukumatda Liviyaga IShID bilan kurashish uchun qurollangan qo‘shilmalar yuborish zarurati tug‘ilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

"Biror narsani istisno qilishdan ma'no yo‘q, shuning uchun hech qachon voqealar qanday tus olishini bilmaysan. Agar Britaniyaning istalgan ko‘rinishda – yerda, havoda yoki suvda harbiy ishtiroki masalasi tursa, u quyi palata tomonidan ko‘rib chiqiladi", deb aytdi vazir.

Xammondning ta'kidlashicha, IShID jangarilari kelgusida Liviyadan Yevropa yoki dengizdagi kemalarga hujum qilish uchun tirqish sifatida foydalanishi mumkin.

Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama ayni vaqtda Liviyaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborish rejasi yo‘qligini aytgandi.