Fan-texnika | 10:37 / 27.04.2016
12351
4 daqiqa o‘qiladi

Imzo Akfa asosiy shou-rumi ochilish marosimi

25 aprel kuni Imzo Akfa Toshkentdagi birinchi deraza fabrikasining asosiy shou-rumi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yuzlab kishilar katta bayramga guvoh bo‘lish uchun to‘plandilar. Ko‘plab yo‘lovchilar esa bunday yorqin hodisa yonidan e'tiborsiz o‘tib keta olishmadi.

Tomoshabinlarning hayajonli shov-shuvi bir soatcha davom etdi, nihoyat soat 19:30da sahnada boshlovchi paydo bo‘ldi. Ishlab chiqarish hajmi va loyihaning o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi olovli nutqi tinglovchilar ko‘nglidan yaxshi taassurotlar qoldirib, davomli qarsaklar bilan kutib olindi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish hamda tayyor mahsulotlar sifatining ishonchliligi haqidagi ta'sirli videorolikdan so‘ng tomoshabinlarda O‘zbekistonda zamon talablariga monand, kutilgan fabrika faoliyat boshlaganiga shubha qolmadi.

ImzoAkfa – oyna-derazalar ishlab chiqarish texnologiyasiga butkul yangicha yondashuvdir. To‘liq avtomatizatsiya va beqiyos ko‘lami evaziga Imzo fabrikasi haqqoniy ravishda butun MDH bo‘yicha o‘ziga xos birinchi va yagona deraza romlari ishlab chiqaruvchi fabrika maqomiga ega bo‘ldi.

Barchada xush kayfiyat uyg‘otgan svetomusiqali shou va kompaniya taqdimotidan so‘ng ekranda ulkan Imzo yozuvi namoyon bo‘ldi va boshlovchi barchani kompaniyaning quvonchi va g‘ururiga sherik bo‘lishga hamda Imzo Akfa kompaniyasining yangi katta namoyishlar zaliga baho berishga taklif etdi.

Shou-rum eshiklari ortida esa haqiqiy bayramona kayfiyat hukm surmoqda edi. Musiqachilar guruhi jonli musiqa ijro etarv va ofitsiantlar mehmonlarga ichimlik tarqatar ekan, maslahatchilar, yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarning o‘ta keng tanlovini namoyon qilgan holda, mahsulotning afzalliklari xususida so‘zlab berishdi.

Qatnashchilar ushbu olamshumul hodisa xususida esdalik uchun o‘z izlarini qoldirish imkoniga ega bo‘ldi. Shou-rumga kirishda o‘rnatilgan “O‘z imzoingni qoldir” sarlavhali bannerda mehmonlar o‘z tilaklarini yoki shunchaki imzolarini qoldirishdi.

Har bir istak bildirgan odam o‘z qo‘llari bilan Imzo eshik va romlarinining samaradorligini sinab ko‘rdi. Shuningdek, mahsulotlarning har qanday did egasining talabini qondira oluvchi chiroyli dizayni va ranglaridan bahra oldilar. Hamma Imzo Akfa – yuqori texnologiyali eshik va romlar ishlab chiqish sohasida O‘zbekistonda uzoq kutilgan muvaffaqiyatli loyiha ekaniga ishonch hosil qildi.

Endi poytaxtimiz aholisi deraza romlari ishlab chiqaruvchisini to‘g‘ri tanlaganiga ishonch hosil qila oladi.  Siz Imzo Akfa mahsulotlarini tanlar ekansiz, yaqinlaringizga qulaylik va mustahkamlik tuhfa etasiz. Siz eng yaxshisiga munosibsiz. Bizni tanlang! Manzilimiz: Navoiy ko‘chasi 2 (mo‘ljal – sobiq Navoiy yarmarkasi).

Reklama huquqlari asosida.