YeChL. "Atletiko" birinchi o‘yinda "Bavariya"ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (Foto + Video)
Yevropa Chempionlar ligasi yarim final doirasidagi ikkinchi juftlikning dastlabki o‘yinida "Atletiko" jamoasi "Bavariya" futbolchilarini qabul qildi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Saul Niguyes kutilmagan yurishni amalga oshirdi. U 3 futbolchini aldab, "Bavariya" jarima maydonchasiga kirib keldi va olis burchak tomon aniq zarba berib uchrashuvdagi hisobni ochishga erishdi.
Ikkinchi bo‘limda esa Simone shogirdlari kuchli pressing orqali emas, pozitsion himoyalana boshlashdi. Myunxenliklar dastlabki 15-20 daqiqa ichida "matraschilar"ni jarima maydonchasi ichiga qamab qo‘ya olishdi. David Alabaning olis masofadan bergan zargan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi. "Atletiko" esa bahs tugashiga 15 daqiqa qolganida undan kam bo‘lmagan hujum bilan javob qaytardi. Riberi maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi va mezbonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Torres jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va oyog‘ining tashqi tomoni bilan olis burchakka zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Gabi yana 16 metrdan zarba berdi. Noyyer egalladi. Uchrashuv "Atletiko"ning 1-0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Javob o‘yini 3 - may kuni "Alyants Arena"da bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasi. 1/2 final. Birinchi o‘yin.
"Atletiko" - "Bavariya" 1:0
Gol: Saul 11.
Ogohlantirishlar: Kosta 40, Noyyer 82, Benatia 82, Saul 84, Vidal 88.
"Atletiko": Oblak, Xuanfran, Ximenes, Savich, Filipe Luis, Saul (Parti 85), Gabi, Augusto, Koke, Grizmann, Torres.
"Bavariya": Noyyer, Lam, Martines, Alaba, Bernat ( Benatia 77), Alonso, Vidal, Tiago ( Myuller 70), Kosta, Koman ( Riberi 64), Levandovski.