"Golos. Deti" shousi g‘olibi 13 yoshli Danil Plujnikov bo‘ldi
Rossiya televideniyesining Birinchi kanalida "Golos. Deti" shousining 3-mavsumi yakunlandi.
Shouning joriy mavsumida 13 yoshli Danil Plujnikov g‘olib bo‘ldi. Bu haqda teleloyihaning feysbukida ma'lum qilindi.
Danil ovoz berish natijasiga ko‘ra teletomoshabinlarning 61 foiz ovozini oldi va shu evaziga final bo‘yicha raqiblari – 7 yoshli Taisiya Podgornaya va 15 yoshli Rayana Aslanbekovani ortda qoldirdi.
Teleshou g‘olibining bo‘yi 98 santimetrni tashkil qilib, u kam uchraydigan kasallik – ko‘l-oyoqlarning spondiloepifizar displaziyadan aziyat chekadi. Bu kasallik suyaklarning murakkab tizimli kasalligi hisoblanadi.
Eslatib, o‘tamiz shouning 2-mavsumini 15 yoshli o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva yutgan edi. Sabina shouning finalida Aerosmith guruhining "Crazy" qo‘shig‘ini ijro etgandi.