Jahon | 21:38 / 01.05.2016
6775
1 daqiqa o‘qiladi

Arseniy Yatsenyuk iste'fosidan keyin ilk marta omma oldida ko‘rinish berdi

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 14 aprel, ya'ni o‘z lavozimini tark etgan kunidan buyon ilk marta jamoatchilik oldida ko‘rinish berdi.

U o‘zining feysbukdagi sahifasiga o‘z oilasi bilan birga Kiyevga Pasxa bayramini nishonlash uchun yo‘l olganida tushirilgan suratlarni joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Arseniy Yatsenyuk Ukraina bosh vaziri lavozimidan ketishini ma'lum qildi. 14 aprel kuni Oliy Rada parlament spikeri Vladimir Groysman boshchiligidagi yangi hukumat tuzilganini tasdiqladi.

Bundan oldinroq, Ukrainadagi nashrlar u iste'foga chiqqan kundan beri ko‘rinish bermagani, balki chet mamlakatga, masalan Argentinaga qochib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Biroq, uning matbuot kotibi Olga Lappo bu xabarlarni inkor qilgan.

Mavzuga oid