Sport | 20:50 / 01.05.2016
3899
2 daqiqa o‘qiladi

«Rostov» autsayderga mag‘lub bo‘lib, Rossiya chempionatidagi yetakchilikni boy berdi

Rossiya premer-ligasining 26-turida «Rostov» Saranskka safar qildi va mahalliy jamoa, ayni vaqtda turnir jadvalining eng quyi o‘rnida joylashgan «Mordoviya»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu Kurban Berdiyevning jamoasi uchun 2016 yildagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Maydon egalari o‘yinning 56-daqiqasidayoq hisobni ochishdi: Sergey Samodin Soslan Janayevni dog‘da qoldirdi, bu darvozabon oxirgi marta o‘tgan yilning 30 noyabrida gol o‘tkazgandi. O‘yinning 67-daqiqasida mehmonlarning zaxiradan tushgan futbolchisi, eronlik yosh hujumchi Serdar Azmun hisobni tenglashtirdi.  Lekin o‘yin yakuniga 5 daqiqa qolganida o‘yin hakami mehmonlar darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi va uni Dalibor Stevanovich aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Rostov» mag‘lubiyatdan keyin RFPL turnir jadvalida birinchi o‘ringa qayta olmadi. Bir kun oldin o‘z uchrashuvini o‘tkazib, g‘alaba qozongan  TsSKA endi 2 ochkolik farq bilan birinchi o‘rinda joylashgan. O‘tgan turda «Rostov»dan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan «Zenit» donliklar jamoasidan 2 ochkoga ortda qolmoqda. «Mordoviya» esa bu g‘alabadan keyin oxirgi o‘rinni tark etib, 14-o‘ringa,«Kuban» va «Anji»dan yuqoriga joylashgan.

Rossiya - Premer-Liga. 26-tur
Mordoviya (Saransk) – Rostov (Rostov-Don) – 2:1
Gollar: Samodin, 56 (1:0); Azmun, 67 (1:1); Stevanovich, 86 (2:1, pen).
Ogohlantirishlar: Stevanovich, 38; Revishvili, 74; Dudiyev, 78 – Kalachyov, 71; Navas, 84.

Mavzuga oid