Jamiyat | 23:06 / 02.05.2016
8289
1 daqiqa o‘qiladi
Bo‘g‘oz mushuk tug‘ruqxonaga "yordam so‘rab keldi"
Turkiyaning Bitlis shahrida bo‘g‘oz mushuk oilaviy sog‘liq markaziga tug‘ish uchun tashrif buyurdi. Jonivor tibbiy xizmat muassasasi yaqinida og‘riqdan miyovlay boshladi.
Mushukni tekshirib ko‘rgan shifokorlar uning o‘zi tabiiy holda tug‘a olmasligini tushunib yetishdi. Shundan so‘ng kasalxona xodimlari yaqinroqda joylashgan veterinariya klinikasi bilan bog‘lanib, bu mushukni mutaxassislarga yuborishdi. Veterinarlar mushukda tug‘ruq jarayonidagi jarrohlik amaliyotini amalga oshirishdi.
Amaliyot jarayonida to‘rtta sog‘lom mushukcha dunyoga keldi. Ona mushuk ham omon qoldi va hozirda uning ahvoli yaxshi. Jonivorlar ular uchun yangi boqib oluvchilar topilmagunicha shifokorlar nazoratida bo‘lishadi.