Sport | 21:51 / 02.05.2016
5390
2 daqiqa o‘qiladi

Fyuri Klichko bilan jangdan so‘ng faoliyatini yakunlamaydi

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO hamda IBO yo‘nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyurining (25-0, 18 KO) murabbiyi Piter Fyuri hali o‘z shogirdi faoliyatini yakunlamoqchi emasligini bildirdi.

"Men u bilan bu borada gaplashdim. Uning faoliyatini yakunlashi haqidagi gap uni Britaniyada yaxshi qabul qilishmayotgani sabablidir. O‘ylaymanki, u AQShga borib muxlislar hurmatiga sazovor bo‘ladi. U boks tushishda davom eta oladi. U haqiqiy jangchi va jahon chempioni. U o‘z shuhratini mustahkamlaydi", degan Piter Fyuri.

27 aprel kuni Fyuri va Klichko ishtirokidagi Manchester shahridagi matbuot anjumanida ukrainalik bokschi Uaylder, Joshua va Fyuriga "oshxonada kim xo‘jayin ekanini" ko‘rsatib qo‘ymoqchiligi haqida aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, Klichko va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 9 iyul kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Bundan oldinroq, Tayson Fyuri  sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoga qarshi o‘tkaziladigan jangdan so‘ng faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid