Jamiyat | 20:18 / 02.05.2016
64759
1 daqiqa o‘qiladi

Tilla iPhone turk askarining hayotini saqlab qolishda sababchi bo‘ldi

Turkiyalik harbiy Mustafo Bozoklar Kurdiston ishchi partiyasi hujumi ostida qoldi. Ammo tilla iPhone sabab bo‘ldiyu, uning joni omon qoldi. Bu haqda CNN Turk xabar bermoqda.

Shu sabab smartfon qattiq shikastlandi va tiklab bo‘lmas darajaga keldi.

Askarni Diyorbakirdagi shifoxonalardan biriga joylashtirishgan.

Mustafo Bozoklar jangda ko‘rsatgan jasurligi uchun mukofotlangan. Mardin provinsiyasi gubernatori shifoxonaga kelgan va askarga huddi o‘shanday yangi iPhone sovg‘a qilgan. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning sovg‘asi bo‘lgan.

Mavzuga oid