Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harri Keyn: «Chelsi» «Tottenhem» bilan durangni xuddi chempion bo‘lgandek nishonladi
Angliyaning «Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keyn APL chempionlik kurashidan chiqishga sababchi bo‘lgan «Chelsi»ga qarshi o‘yin (2:2) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Agar sobiq chempionlar bizga qarshi o‘z uyidagi o‘yinda durangni xuddi o‘ta og‘ir kechgan uchrashuvda chempion bo‘lgandek nishonlaganini hisobga olsak, demak biz nimanidir to‘g‘ri bajargan ekanmiz. Xuddi mana shu ruhda davom etishimiz kerak.
Bizda juda iqtidorli futbolchilar jam bo‘lishgan. Murabbiylar shtabi ajoyib. Biz shunchaki tanlagan yo‘limizdan adashmasdan olg‘a yurishimiz talab qilinadi.
«Tottenhem» ajoyib mavsum o‘tkazdi. Ammo «Lester» ham aqlbovar qilmas darajada zo‘r mavsumni o‘tkazishdi va titulni qo‘lga kiritishdi. «Tulkilar» bu mavsumda o‘zlarini fantastik tomondan ko‘rsata olishdi. Bitz mavsum so‘nggiga qadar kurashishga harakat qildik, biroq bizga hali o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ba'zi jihatlar yetishmadi. Har birimiz bilan, klub bilan faxrlanaman. Endi kelgusi mavsum haqida o‘ylashimiz lozim», — deya Keyndan iqtibos keltiradi FourFourTwo.
Mavzuga oid
15:48 / 12.08.2023
«PSJ» va «Bavariya»da superxaridlar. So‘nggi transfer xabarlari
15:51 / 11.08.2023
Mbappe ketmoqchi emas, Neymarda ikki variant bor. So‘nggi transfer xabarlari
16:18 / 09.08.2023
Neymarning bahosi ma’lum qilindi, Iniyesta esa Messining oldiga bormadi. So‘nggi transfer xabarlari
20:22 / 08.08.2023