Musaffo aksiyasining g‘oliblariga o‘z yutuqlari topshirildi
Omad — unga ishonganlargagina kulib boqadi. Ayrimlar esa omad doim kuchlilar tomonidan, deyishadi. Bu gapning nechog‘lik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmadik-ku, ammo Musaffo tomonidan o‘tkazilgan promo aksiya ishtirokchilarining omadi keldi. Bundan kelib chiqadiki, ishonchi va sifat uyg‘unligi ham har bir insonga omad olib kelar ekan. Buni o‘z yutuqlarini qo‘lga kiritganlarning so‘zlaridan ham anglasa bo‘ladi.
Musaffo tomonidan turli xil yutuqlarga ega promo-aksiya o‘tqazilyapti. Ushbu aksiya uch bosqichli bo‘lib, uning birinchi bosqichi joriy yilning 15 martidan 14 apreliga qadar faollashtirilgan promo-kodlar ishtirok etdi va g‘oliblar 15 aprel kuni o‘z yutuqlarini qo‘lga kiritdi.
— Men ushbu aksiyaga boshida ishonqiramay qaragan edim. Buyam navbatdagi yutuqli aksiyalardan biri bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo yutuq chiqqanini bilgach va eng asosiysi, ana shu yutuqni qo‘lga kiritgach, bularning bari og‘zaki gaplar emas, balki ayni haqiqat ekanligini tushunib yetdim, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, To‘rtko‘l shosse, 57 drop, 14 xonadonda istiqomat qiluvchi, aksiyada ishtirok etib, "Artel' elektr choynagini qo‘lga kiritgan Yusupova Minoyim.
G‘oliblardan yana biri — Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 4 kvartal, 21 uy, 23 xonadonda yashovchi Ruslan Seleymanov shunday deydi:
— Men bu aksiyada birinchi marotaba ishtirok etishim. To‘g‘risi, avval bunday aksiyalarda ishtirok etmaganligim uchun, omadim kelishiga ishonmagandim. Ammo mana, ishonchim zoye ketmadi, men aksiyada qatnashib Artel kompaniyasining tosterini yutib oldim.
Ruslan Seleymanov
— Yutuq chiqqanini eshitib hayratda qoldim, — deydi Toshkent shahar, TTZ 1 daxasi, 1 A uyda yashovchi, aksiyada ishtirok etib Artel blender sohib bo‘lgan Rahimov Rinat. — Aslida “Musaffo”ni uning shirin mazasi va foydaliligi uchun iste'mol qilaman. Buni qarang-ki, yaxshi niyat bilan ushbu aksiyada qatnashgan edim, yutuqli bo‘ldim. Yutug‘immi olish hech bir qiyinchilik tug‘dirmadi. Bari oddiy — g‘olib bo‘ldim va sovrinimni qo‘lga kiritdim.
— O‘zimdan o‘tayotgan his-tuyg‘ularni tushuntirib berish qiyin. Chunki bu aksiyaning odilona o‘tkazilgani, hech qanday quruq va'da emasligi va g‘oliblar orasida mening ham borligim, quvonchimga sabab bo‘ldi. Men ana shu aksiyada qatnashib, Artel blenderi yutib oldim, — dedi Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 4 A uy, 66 xonadonda istiqomat qiluvchi Babaxodjayeva Sevara.
Promo aksiyaning ikkinchi bosqichi 15 apreldan 14 mayga qadar qatnashgan promo-kodlar ishtirok etadi va g‘oliblar nomi 15 mayda e'lon qilinadi.
Uchinchi bosqichda esa 15 maydan 14 iyunga qadar ishtirok etgan promo-aksiyalar qatnashadi va g‘oliblar 15 iyunda e'lon qilinadi.
Aktsiyaning barcha bosqichi g‘oliblari qur'a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Uchinchi bosqich g‘oliblari 2016 yilning 15 iyun kuni aniqlanib, unda 2016 yil, 15 mayidan 2016 yilning 14 iyunga qadar faollashtirilgan promo-kodlar ishtirok etadi.
Aktsiyaning mutlaq g‘oliblarini aniqlash va bosh sovrin (Chevrolet SPARK avtomobili)ni topshirish marosimi 2016 yilning 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda 2016 yilning 15 mart kunidan boshlab, 2016 yilning 14 iyuniga qadar aksiya davomida faollashtirilgan barcha promo-kodlar ishtirok etadi.
Promo-kodlarni faollashtirish 2016 yilning 15 mart kuni, 00:00 daqiqadan boshlab 2016 yilning 14 iyun kuni soat 23:59 daqiqagacha davom etadi.
Bu galgi sovrin uchun uy, avtomobil va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham qo‘yilgan.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
17:00 / 07.05.2024
Musaffo ochiq eshiklar kuni ketma-ketligini boshlab yubordi
17:03 / 31.01.2024
Mılk House kompaniyasi Musaffo brendi haqidagi faktlar bilan bo‘lishdi
17:54 / 22.12.2020
Sut mahsulotlari qimmatlashmoqda: sabab, vaziyat va oqibat
09:00 / 23.11.2018