Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda G‘alaba kuni paradi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Qozog‘iston mudofaa vazirligi vakillari 2016 yilda Ostonada G‘alaba kuni munosabati bilan harbiy parad o‘tkazilmasligini ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
"Bu yili parad bo‘lmaydi", deb ma'lum qildi manba.
Manbaning aytishicha, tadbirning o‘tkazilishi mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejada ham ko‘zda tutilmagan.
Ostonada 2015 yilda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan parad mamlakatning mustaqilligi davrida o‘tkazilgan eng katta parad bo‘lgandi. Unda 5 mingga yaqin harbiy, 20 dan ortiq harbiy texnika birligi, 70 ta harbiy vertolyot va samolyot ishtirok etgan.
Mavzuga oid
14:15 / 04.05.2025
«Ikki urushni ham biz yutgandik». Tramp amerikaliklarning jahon urushlaridagi g‘alaba kunini nishonlashga qaror qildi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025