O‘zbekiston | 16:10 / 04.05.2016
5440
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshirish 91 foizga kamaydi

2016 yil yanvardan martgacha O‘zbekistonda tadbirkorlarni noqonuniy tekshirish o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 91 foizga kamaydi. Bu haqda Adliya vazirligi ma'lumotiga tayanib Jahon AA xabar berdi. 

Hujjatga ko‘ra, mas'ul organlarga ariza bilan murojaat etilgandan keyin deyarli 700 tadbirkorni tekshirish ishlari to‘xtatilgan. 

Hisobot bo‘yicha, davlat organlarining 614ta noqonuniy qarorlari bekor qilingan, 20 million so‘mdan ortiq miqdordagi sud da'volari qondirilgan.