Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike Alves va Turanning «Barselona»dan ketishiga qarshi bo‘lmaydi
«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani Dani Alves hamda Arda Turan tark etishiga qarshi bo‘lmaydi va ularga qiziqarli taklif tushsa, boshqa jamoaga ketishlariga qarshilik qilmaydi. Bu haqda katalonlar jamoasidagi manbaga asoslangan holda AS xabar tarqatgan.
Har ikki futbolchiga ham yaqinda Xitoydan juda manfaatli taklif tushgan, ammo har ikkisi ham rad etilgan edi. Shunga qaramay «Barselona» klubi boshqa takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Klubdagilar Dani Alvesni qimmat narxga sotib bo‘lmasligi yoki mutlaqo tekinga qo‘yib yuborish mumkinligini tushunib turishibdi va «Barselona» rahbariyati bunga tayyor. Shu bilan birgalikda, klub Arda Turan bilan bog‘liq vaziyatda yetarlicha mablag‘ ishlab olishni istaydi.
Arda Turanning «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etishi lozim. Alvesda esa 2017 yilga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan shartnoma bor.