Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peruda kokain olib ketayotgan samolyot urib tushirildi
Peru politsiya Boliviyadan mamlakat hududiga kirib kelgan yengil motorli samolyotni urib tushirgan. The Daily Mail xabarida aytilishicha bunga samolyotga kokain ortilgani sabab bo‘lgan.
Samolyot yerga qulagach voqea joyiga huquq-tartibor organlari xodimlari yetib borishgan. Samolyotning 58 yoshli uchuvchisi qo‘lga olingan, u jarohatlangani bois qo‘riqchilar bilan shifoxonaga olib borilgan.
Uning sherigi bo‘lgani taxmin qilingan kolumbiyalik jinoyatchi esa qochib ketishga ulgurgan. Bu jinoyatchi politsiyachilar bilan otishma qilib chekinish davomida 200 kilogramm miqdoridagi narkotik moddalarni yashirishga ulgurgan.
Samolyot bortida 70 kilogramm miqdoridagi kokain aniqlangan.
Mavzuga oid
18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
17:50 / 16.04.2025
Peru sobiq prezidenti pul yuvishda ayblanib 15 yilga qamaldi
00:35 / 03.04.2025