Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda Ramazon oyi munosabati bilan mingdan ziyod mahsulot narxi tushiriladi
Birlashgan Arab Amirliklarining iqtisod vazirligi qoshidagi iste'molchi huquqini himoya qilish departamenti maxsus qaror qabul qildi.
Unda muborak Ramazon oyi munosabati bilan 10 iyundan boshlab bir oy davomida bir ming olti yuz xil mahsulotlar narxini tushirish haqida qayd qilingan. Mahsulotlar narxining tushirilishi mamlakatdagi uch yuz qirqta asosiy gipermarket va supermarketlardan boshlanadi.
Qonunga rioya qilmagan savdo markazidan yuz ming dirham, ya'ni yigirma yetti ming dollar miqdorida jarima undiriladi. Qonunbuzarlik qaytarilsa bu jazo ikki barobarga ortadi. Bundan tashqari hukumat boshqa ijtimoiy tashabbuslarni ham ko‘zlamoqda. Masalan, ko‘p bolali yoki kam ta'minlangan oilalar uchun yanada qulay sharoit yaratish niyatida.
Ramazon oyida har bir inson o‘z oilasi dasturxonini boyitishga harakat qiladi. Shu bois oziq-ovqat mahsulotlarning narxini iloji boricha pasaytirishga undamoqda.
Azizxon HAKIMOV / Muslim.uz
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025