Jamiyat | 16:08 / 06.05.2016
4219
1 daqiqa o‘qiladi

Luizianada Ikkinchi jahon urushi faxriysi 110 yoshida vafot etdi

3 may kuni AQShning Luiziana shtatida Ikkinchi jahon urushi faxriysi bo‘lgan Frenk Levingston 110 yoshida olamdan o‘tgan. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Levingston 1905 yilning 13 noyabrida shtatning shimolidagi qishloqlardan birida tavvallud topgan. U 1942 yilning 6 oktabrida harbiy xizmatga chaqirilgan va 1943 yilning sentabrida Italiyaga tushirilgan ittifoqchilar armiyasi safida harakat qilgan. U shuningdek, Shimoliy Afrika hududidagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etgan.

1945 yilda Levingston harbiy xizmatdan faxriy sifatida bo‘shatilgan va sement sanoati sohasida ishlay boshlagan. U hech qachon uylanmagan va farzand ko‘rmagan.

Ba'zi nashrlarda Levingston Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan faxriylarning eng keksasi sifatida aytilardi. Lekin bu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.

2015 yilning dekabrida Levingston Vashingtonda o‘tkazilgan Perl-Harbor fojiasi qurbonlarini xotirlash marosimida boshqa faxriylar qatorida qatnashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid