Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Palmirada Rossiya harbiy bazasi yaratilayotganidan xabar topdi
Rossiya Suriyadagi Palmira shahrining bir qismini harbiy bazaga aylantirdi, bu baza terrorchilarga qarshi operatsiyalarni tayyorlash punkti hisoblanadi. Bu haqda Al Masdar News arab portali xabar bermoqda.
Arab portalidagi materialda aytilishicha, Agence France Presse jurnalisti bazaning o‘ralgan hududi tasvirlangan yozuvni chop etgan. Yozuvda bazada "Pantsir-S1" o‘ziyurar zenit raketa-to‘p majmuasi joylashtirilganini ko‘rish mumkin.
Portalning ta'kidlashicha, tahlilchilarning fikricha, Suriya cho‘lida yangi bazaning yaratilishi Rossiyaning jangovar operatsiyalar hududini IShID o‘z poytaxti deb biladigan Raqqa va Daur-az-Zorgacha kengaytirish istagini ko‘rsatadi.
Ta'kidlanishicha, Palmiradagi harbiy aerodromda hozircha Rossiya harbiy aviatsiyasi samolyotlari payqalmagan. Biroq yaqin orada shahar ustida bunday samolyotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Rossiya o‘tgan yil sentabridan Suriya armiyasiga terrorchilik guruhlari bilan kurashda ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. 2016 yil martida jangarilar tomonidan bosib olingan Palmira ozod etildi. Suriyalik harbiylar milliy va Rossiya aviatsiyasi ko‘magida shahar ustidan nazoratni qaytib olishgan.
Rossiya mart oyi o‘rtalaridan Suriyadagi harbiy kontingentining asosiy qismini olib chiqishni boshladi. Hozirda Suriyada qolgan rossiyalik harbiylar Xmaymimdagi aerodrom va Tartusdagi moddiy-texnik ta'minot punktidan foydalanishda davom etishmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025