Dunyoning eng qimmat brendlari nomi e'lon qilindi
Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng qimmat brendlari reytingida bu safar ham Apple korporatsiyasi yetakchilikni saqlab qoldi.
Nashr Apple brendining qiymatini 154,1 milliard dollarga baholamoqda. Qayd etilishicha, so‘nggi mavsumda daromadning keskin tushib ketganiga qaramay, kompaniya ommaviy talabgir va yuqori texnologiyali mahsulotlar sanoatida yetakchi bo‘lishda davom etmoqda. Do‘konlarda ham iPhone 7 sabab Apple muxlislaridan iborat «uzun navbatlar» yana paydo bo‘la boshladi.
«Olma brendi» o‘z yaqinidagi raqobatchisi — Google kompaniyasini sezilarli darajada ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Google ham so‘nggi yil ichida ahamiyatli o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Mazkur brend qiymati o‘tgan yildagi 65,6 milliard dollarga nisbatan joriy yilda 82,5 milliard dollarni tashkil etdi. Shu sababli, Google qidiruv xizmati qimmatlasha boshladi va o‘tgan yildagi reytingda ikkinchi o‘rinni zabt etgan Microsoft’dan o‘zib keta oldi.
Biroq, Microsoft brendining ham qiymati juda katta hisobda bo‘lmasa ham, 69,3dan 75,2 milliard dollarga ortgan. Kompaniya reytingning uchinchi pog‘onasini egalladi.
Forbes nashrining tahlili bo‘yicha to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar Coca-Cola brendi (qiymati 58,5 milliard dollar) hamda Facebook (qiymati 52,6 milliard dollar) ijtimoiy tarmog‘ining brendiga nasib etdi.
Shuningdek, Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng qimmat brendlari reytingidan so‘nggi yillarda tez suratda o‘sayotgan IBM kompaniyasi, Toyota, Disney, McDonald’s, General Electric ham o‘rin egalladi.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
22:19 / 14.11.2024
Googleʼning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi
16:54 / 13.11.2024