Magli laqabli ko‘rimsiz kuchuk qahramonligi uchun taqdirlandi
2012 yilda “dunyodagi eng badbashara” deb tan olingan Xitoydagi paxmoq ko‘ppak qahramonlik ko‘rsatgani uchun taqdirlandi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.
Magli laqabli kuchuk uch kunlik bo‘lganda undan voz kechishgan. Bu ham kamlik qilgandek, u judayam ko‘rimsiz bo‘lib ulg‘aydi. Buning uchun u rasmiy “eng xunuk kuchuk” maqomini olgan.
Ko‘rimsizligiga qaramasdan, Magli uzoq vaqt kuchuk-terapevt bo‘lib ishlagan va Therapy Dogs Nationwide Britaniya tashkilotining ko‘plab loyihalarida ishtirok etgan. Hozir u 12 yoshda va u nafaqaga chiqqan.
O‘z faoliyati davomida Magli Londonda Heroic Hounds unvoni bilan taqdirlangan.
“U meni odamlar bilan uchrashganda o‘zini qanday tutish kerakligini aniq bilishi bilan hayratga soladi”, - kuchukning bemorlar bilan uchrashuvlari to‘g‘risida so‘zlab berdi uning sohibi Bev Nikolson.
Kanisterapiya – maxsus tanlab olingan va o‘qitilgan kuchuklar yordamida davolash hamda reabilitatsiya qilish usuli.