Jahon | 19:25 / 13.05.2016
16114
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya qurollanish poygasiga qo‘shilmaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonot berishicha, uning mamlakati qurollanish poygasiga qo‘shilish o‘rniga o‘z rejalariga aniq amal qiladi, deb xabar qiladi RIA «Novosti».

"Ijis" tizimining dengizda, aniqrog‘i, O‘rta yer dengizida joylashtirilgani, Ruminiyada radiolokatsion stansiyasining joylanishi, bundan so‘ngra Polsha pozitsion hududining barpo etilishi, bularning bari xalqaro xavfsizlik tizimini izdan chiqaruvchi va yangi qurollanish poygasini keltirib chiqaruvchi omillardir. Biz esa avval ham aytganimizdek, bunday poygalarga qo‘shilmaymiz, biz bir necha yillar oldin ishlab chiqilgan armiya va flotimizni qayta qurollantirishni moliyalash rejasidan chetga chiqmagan holda aniq ishlaymiz", — deb ta'kidlagan prezident.

Uning qayd etishicha, Rossiya o‘z xavfsizligiga nisbatan paydo bo‘ladigan tahdidlardan kelib chiqib, rejalariga tuzatishlar kiritib borishi mumkin. 
Bundan avval, Vladimir Putin AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimi majmuasining Ruminiyaga joylashtirilishi munosabati bilan afsusini bildirgan edi.

Mavzuga oid