Jamiyat | 11:17 / 14.05.2016
14074
2 daqiqa o‘qiladi

Kilimanjaro tog‘i cho‘qqisiga pitssa yetkazildi

AQShning Pizza Hut pitstseriyalar tarmog‘i Afrika qit'asidagi Kilimanjaro tog‘i cho‘qqisiga pitssa yetkazganidan keyin rekordchilar ro‘yxatiga tushdi. Bu haqda Guinness World Records xabar bermoqda.  

Pitstseriyalar tarmog‘ining bosh direktori boshchiligidagi xodimlar jamoasi tajribali 4 nafar yo‘lboshlovchi yordamida 5800 metrlik balandlikka ko‘tarilishdi. Pitstsa maxsus yasalgan qutida yetkazilgan.

So‘ngra pitssa tog‘ cho‘qqisida tanovul qilinib, jamoa shu tariqa pitssani eng baland nuqtaga yetkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Ginness rekordlar kitobining rasmiy hakami Tanzaniyaga rekordni tekshirish va barcha tavsiyalar to‘g‘ri bajarilganiga ishonch hosil qilish uchun bordi va rekord o‘rnatilganiga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘ldi.

Kilimanjaro vulqonli tog‘ bo‘lib, Tanzaniyaning shimolida joylashgan. Uning Uxuru deb nomlangan cho‘qqisi Afrika qit'asining eng baland nuqtasi hisoblanadi (5895 metr). Tog‘ning nomi mahalliy xalqlardan birining tilidan "yarqiraydigan tog‘" deb tarjima qilinadi.