Jahon | 23:27 / 14.05.2016
39866
1 daqiqa o‘qiladi
Pokiston bosh vaziri Turkiya prezidenti qizining to‘yida mehmon bo‘ldi
Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kenja qizi Sumayoning Istanbulda o‘tgan to‘yida ishtirok etdi. Bu haqda Samaa.TV xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, to‘yda, shuningdek, Erdo‘g‘anning rafiqasi va qolgan uch farzandi ham ishtirok etgan.
To‘y Qur'on tilovat qilishdan boshlangan. To‘yga yig‘ilgan 6 ming kishi orasida Turkiya sobiq bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu, bosh shtab boshlig‘i Xulusi Akar, mamlakatning sobiq prezidenti Ahmad Gul ham bo‘ldilar.
RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Sumayo Erdo‘g‘an yirik mudofaa-sanoat korxonasining rahbari Selchuk Bayroqdorga turmushga chiqqan.
Mavzuga oid
08:12 / 21.10.2020
Toshkentda karantin qoidalari buzilgan holda o‘tkazilgan to‘y tadbiri tashkilotchisi jarimaga tortildi
14:35 / 18.09.2020
Karantinni buzgan san'atkorlar: Senat qo‘mitasi raisi buni hurmatsizlik deb baholadi, Madaniyat vazirligi bayonot bilan chiqdi
10:40 / 17.09.2020
Haydovchiga besh million, artistga bir million jarima: mantiq qayerda qoldi, qonuniylik-chi?
15:10 / 16.09.2020