Jahon | 11:07 / 16.05.2016
10073
2 daqiqa o‘qiladi

16 may: tarix sahnasida...

16 may—Joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 136-kuni.

Voqealar:
1994 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga rasmiy tashrifi boshlandi.
2003 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga “Andrey Pervozvannoy” fondining “Dialog tsvilizatsii” xalqaro mukofoti topshirildi. 
2006 yil. Iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya davlatlari o‘rtasida sakkizinchi majlis boshlandi. 
1996 yil. “O‘zbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida”gi Protokol imzolandi.

1703 yil. Sankt-Peterburg shahriga asos solindi.

1929 yil. AQShda birinchi “Oskar” mukofotlari topshirildi.

2007 yil. 60- Xalqaro Kann kinofestivali boshlandi.

2009 yil. Moskvada Yevrovideniye tanovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
 
TAVALLUDLAR:

1718 yil—italyan matematik-faylasufi, matematika sohasidagi birinchi professor ayol Mariya Agnezi (Maria Gaetana Agnesi), 
1763 yil—fransuz kimyogari, xrom va berilliy moddalarini ochgan Lui Voklen (Louis Nicolas Vauquelin),
1831 yil—mikrafon ixtirochisi Edvard Xyuz (David Edward Hughes), 
1904 yil—atoqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi Botu,
1930 yil—O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim Nuriddin Shukurov, 
1963 yil—O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor Fatxulla Ma'sudov,
1966 yil—amerikalik qo‘shiqchi, Jyeksonlar sulolasi vakili Janet Jyekson.

Mavzuga oid