Jahon | 19:13 / 16.05.2016
11746
1 daqiqa o‘qiladi
Hind parlamenti deputati intervyu berayotganda kanalizatsiyaga tushib ketdi
Hindiston parlamenti deputati Punamben Maadam Jamnagar shahrida intervyu berayotgan vaqtda baxtsiz hodisaga uchradi. U 3 metrlar balandlikdagi kanalizatsiya chuqurligiga qulab tushgan. Panamgar boshi va oyog‘idan jarohat olgani bois, Mumbaydagi shifoxonaga yuborilgan.
Maadam shahar vayronalarida kun kechiradigan fuqarolar mitingida ma'ruza qilayotgan vaqtda ushbu noxushlik yuz bergan. Bu yerda qulash xavfidagi uylar buzilishi rejalashtirilgan.
Uning OAV xodimlari bilan muloqoti chog‘ida beton plitalari og‘irlikni ko‘tara olmagan va deputat ayol atrofidagi bir necha kishi bilan birga pastga qulagan. Xabar qilinishicha, uning hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q.