Iqtisodiyot | 22:31 / 18.05.2016
14320
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov va Bolgariya bosh vaziri iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 18 may kuni Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisovni qabul qildi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar tarqatgan.

Karimov ikki davlat munosabatlarida foydalanilmagan salohiyatlarni qayd etib, ikki davlat iqtisodi "bir-birini takrorlamasligini" ta'kidlagan. Borisov esa Bolgariyaning investitsiyaviy hamkorlik hamda mahsulotlar ayiboshlash hajmi oshirilishidan manfaatdor ekanini ta'kidlagan.

Uchrashuvda O‘zbekiston mahsulotlari Yevropa bozoriga, Bolgariya mahsulotlari esa Markaziy Osiyo hamda Xitoyga yetkazilishida transport infratuzilmasi va tranzit salohiyati ahamiyati qayd etilgan.

Shuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari – sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil qilishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Bolgariya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun ishbilarmon doiralar delegatsiyalari almashish bo‘yicha kelishib olindi.

Bolgariya bosh vaziri Toshkentga tashrifi doirasida “OGU-2016” ko‘rgazmasida doirasida motor moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O‘zbekiston hamda Bolgariya qo‘shma korxonasi ochilishida ishtirok etdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2015 yilda 1,5 baravar oshib, 41,2 mln dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonda Bolgariya sarmoyasi ishtirokida 14ta korxona faoliyat ko‘rsatadi, ulardan 3tasi (kimyo, to‘qimachilik, qandolat, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi) 100 foizga bolgariyaliklar tomonidan sarmoyalashtirilgan.

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari – sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil qilishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.