Fan-texnika | 09:40 / 19.05.2016
4937
2 daqiqa o‘qiladi

Google Android N’dagi o‘zgarishlarni e'lon qildi

Google I/O anjumanida kompaniya Android N operatsion tizimining yangi  mobil versiyasidagi eng asosiy yangiliklarni e'lon qildi. 

Qayta yangilanishdagi asosiy e'tibor xavfsizlik, samaradorlik va ishlab chiqarishni yaxshilashga qaratilgan. Shunday qilib, proshivka kodini optimallashtirish dastur o‘rnatilishini 75 foizga tezlashtiradi. Shuningdek, qurilmani yangilaganda talab qilinuvchi «dasturlarni optimallashtirish» g‘oyib bo‘ladi. Ilovalar fon rejimida yangilanadi va dasturning yangi versiyasi uni qayta boshlash jarayonidan so‘ng ishga tushadi.  

Yangilanganda ko‘p vazifalar (multitasking) oynasidagi barcha dasturlarning uzoq kutilgan yopish tugmasi paydo bo‘ladi. So‘nggi ikkita  jarayon o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘p vazifalar tugmasi orqali ikki martali tap (double-tap) bilan amalga oshiriladi.

Kompaniya bu safar ham yangilanishda  uch o‘lchamli yangi avlod  mobil o‘yinlarini yarata oluvchi grafik API Vulcan joriy etilishini eslatib o‘tdi. 

Open GL bilan qiyoslaganda Vulcan grafik chipda og‘irlikni kamaytiradi va o‘yinlardagi ish faoliyatini 30-60 foizga oshira oladi. 

Qisqa qilib aytganda, Android N’da 250dan ortiq o‘zgarish va takomillashuvlar joriy qilinadi. 18 mayda boshlanuvchi ommaviy  beta-sinovida quyidagi qurilmalarga ega bo‘lgan barcha insonlar ishtirok etishi mumkin: Nexus 6, Nexus 9, Nexus 5X, Nexus 6P, Nexus Player, Pixel S, Android One. Bu testga ushbu sahifada ro‘yxatdan o‘tish mumkin.