Jamiyat | 00:16 / 20.05.2016
11751
1 daqiqa o‘qiladi

Qizlarni BAAga yuborgan odamfurush uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi

Odam savdosi bilan shug‘ullanganlardan yana biri sudning qora kursisidan joy oldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Olima Shamsiddinova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) pulga muhtoj ayollarni “to‘r”iga ilintiradi va ularga xorijda yaxshi ish borligini aytib, yolg‘on va'dalarga ko‘mib tashlaydi.

Uning qo‘lida Klara Kulbekova, Vasila Kamolova hamda Ibodat Sanginovalar o‘yinchoqqa aylanadi. Ularni Toshkent xalqaro aeroporti orqali “Toshkent-Sharja” yo‘nalishi orqali BAAga jo‘natib yuboradi. Bir oy davomida ularni shahvoniy ishlarga majbur qilib, har biri 70 ming dirham ishlab berishlarini talab qiladi. 
Olima Shamsiddinovaga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.