Jamiyat | 19:06 / 20.05.2016
23950
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston YPX xodimlari avtomashinasi sotuvga chiqdi
“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta (DRIVERS.UZ)” guruhida O‘zbekiston yo‘l patrul xizmati xodimlari xizmat avtomobilining o‘yinchoq ko‘rinishi suratlari paydo bo‘ldi.
Foydalanuvchilar qoldirgan izohlarga ko‘ra, ushbu o‘yinchoq avtomashinalarning narxi 15-16 ming so‘m atrofida ekanligi va ular sotuvga chiqarilgani haqidagi ma'lumotni uchratish mumkin. Bundan tashqari, suratlardan mashinalar markasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Malibu markasi ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin.