O‘zbekiston | 11:42 / 24.05.2016
17619
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ShHT TIV rahbarlari sharafiga kechki ziyofat tashkillashtirildi

23 may kuni ShHT a'zolari bo‘lgan davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari Toshkent shahrida uchrashdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova o‘zining feysbukdagi sahifasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda ishchi safari bilan bo‘lib turgani haqida yozgan.

"Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiya ShHT doirasidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib bordi. 24 may kuni vazirlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi", deb yozgan Zaxarova.

Tashqi ishlar vazirlari ishchi kechlik vaqtida muzokaralar o‘tkazishgan.

"Tuzalgan dasturxon sharqona bozorni eslatadi, shirador va rang-barang", deya qayd etgan matubot xizmati vakili.

ShHT TIV rahbarlari o‘rtasidagi asosiy uchrashuv 24 may kuniga belgilangan. Unda Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov hamda ShHTning Hududiy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Sisoyev ishtirok etadi.