Light | 17:07 / 25.05.2016
15259
13 daqiqa o‘qiladi

Facebook’da eng ommalashgan 50 ta brend

Bugungi kunda ko‘p foydalanilayotgan, aniqrog‘i, ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lgan Facebook’da  Business Insider tomonidan 50 ta ijodiy brend taqdim etildi. Endi Facebook’dagi har bir foydalanuvchi ushbu taqdim etilgan brendlarni o‘z xohishiga ko‘ra sahifasida o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Nike

Nike sport uslubidagi brend o‘z muxlislarini ilhomlantirib, sahifasida aks etishiga zamin yaratadi. Ushbu brend taqdim etayotgan fotosuratlar foydalanuvchilarga tomosha qilish barobarida eng yoqqan muqovani tanlash imkoniyatini beradi. 

Adidas 

Adidas Originals brendi esa targ‘ib qilingan videodan qanday qilib foydalanishni ko‘rsatadi. Shuningdek, sahifa orqali eng oxirgi va arxivda saqlanib qolgan videolavha va videoroliklarni bemalol ochib ko‘rish mumkin. Shuningek, chat orqali firmalar ishlab chiqargan mahsulotlarni maxsus biriktirilgan chat orqali muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Volkswagen

Birgina eng katta avtomobillar dunyosida do‘stlar bilan bo‘lishish mumkin bo‘lgan yetarli  qiziqarli kontentlar mavjud bo‘lib, videoroliklardan, qaynoq fotosuratlargacha Volkswagen sahifasida mavjud. Ushbu sahifaning maqsadi toboro yangi nusxalari yaratilayotgan zamonaviy va afsonaviy avtomobillarni reklama qilish va ular haqida qiziqarli ma'lumot berishdir. 

BMW

Ro‘yxatdagi ikkinchi avtomobil markasiga kelsak, BMWning feysbuk sahifasidagi muxlislarining son-sanog‘i yo‘q. Ushbu sahifa orqali feysbuk foydalanuvchilari yangi avtomobillar markasi, texnik holati haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lib boradilar. 

Lexus

Feysbuk sahifasidagi Lexus brendi kompaniyaning mutlaq yuzi hisoblanadi. Sahifada o‘rnatish mumkin bo‘lgan brendda ushbu avtomobil markasining so‘nggi nusxalari suratlari o‘quvchilarni o‘ziga jalb etib boradi. 

Ferrari

Avtomobil muxlislarining deyarli barchasi ushbu Formula 1 avtomobiliga qiziqishini inobatga olgan holda, brend ishlab chiqaruvchilari doimiy ravishda sahifada ma'lumotlari va muqova suratlarini yangilab boradi. 

Converse

Converse dunyoda poyabzal ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri bo‘lib, o‘z sahifasida aks etgan turli reklama va aksiyalari bilan feysbuk foydalanuvchilari, shuningdek, ashaddiy muxlislarini qiziqtirib boradi. 

Gap

Gap brendi orqali esa feysbuk foydalanuvchilari qanday qilib yorliqlardan foydalanish, ilovalar yaratish, bu boradagi tadbirkorlikni olib borish haqida ma'lumot oladi. Bu esa maxsus mijozlar uchun yaxshigina qo‘l keluvchi sahifa bo‘lib xizmat qiladi.

H&M

H&M kiyimlar do‘koni oxirgi va zamonaviy kolleksiyalar, xilma-xil fotosuratlari bilan abonentlarni o‘ziga jalb etadi. Sahifada H&M kompaniyasi modellari, chiroyli kiyim-kechaklar to‘g‘risidagi eng qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo‘lib borish mumkin.

Levi's

Ehtimol sizga  jinsi yoqmas, ammo bu matodan tikilgan kiyim-kechaklar istalgan faslda  qo‘l kelishini inkor etolmaysiz. Shunday ekan, sahifani Levi's jinsidan tikilgan matolarda namoyon bo‘luvchi modellar, moda tendensiyasi haqida oxirgi videorolik va ma'lumotlar to‘ldirib boradi. 

Victoria's Secret

Qiziqarli xabar, yangiliklar, oxirgi ko‘rinishdagi kolleksiyalarini namoyish etish uchun Victoria's Secret brendi feysbuk ham sahifasini tanladi.   

Red Bull

Red Bull taqdim etayotgan DC Shoes poyabzallari ekstremal sport turi bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, zamonaviy va obrazli hayot tarzining muhim bo‘lagi sifatida o‘rin egallaydi. DC Shoes tomonidan taqdim etilayotgan sport uslubidagi poyabzallarning yangi ko‘rinishlari  hayratga solib boradi.

Lacoste

Lacoste sahifasi eng qiziqarli va yorqin reklamalar ifodalangan fotosuratlari bilan birgalikda, ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma'lumot berib boriladi. Doimiy ravishda qiziqarli multmediyalar taqdim etilib turiladi.

Louis Vuitton

Louis Vuitton modalar uyi sahifa uchun tanlagan a'lo darajadagi muqovalar, kompaniya tomonidan yaratilgan mahsulotlar haqida ma'lumotlarni taklif etadi. 

Design You Trust 

Design You Trust  o‘z tovar belgisini reklama qiluvchi fotosuratlarni feysbuk sahifasida joylashtirib borish uchun - piktogramma dasturini tanladi. Bu dastur sahifada tovar belgilarini rang-barang tarzda yoritilishida muhim rol o‘ynaydi.

M&Ms

M&Ms brendi o‘zining mozaykali muqovasi bilan millionlab muxlislarni jalb etish barobarida ushbu panelning bir qismiga aylanish uchun sahifada M&Ms brendini o‘rnatishning o‘zi kifoyaligini isbotlaydi.

Sharpie

Sharpie g‘ayritabiiy karikatura va suratlari bilan feysbuk sahifasida ifoda topib boradi.

GoPro

Ushbu kamera qanday qilib sifatli suratlar olish mumkinligi, fotoapparatning boshqa yangi modellari va texnik holati haqidagi ma'lumotlardan sahifa orqali xabardor bo‘lib borasiz.

Pringles

Pringles brendi o‘z sahifasini chipslarning yaratilishi tarixi, kompaniyaning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqarli va hazil aralash ma'lumotlari bilan to‘ldirib boradi.

McDonald's

Ushbu brend o‘z sahifasida Olimpiya o‘yinlari va boshqa tadbirlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma'lumotlar, aksiyalar, multmediya va roliklarni taqdim etib boradi. Sahifa a'lo darajada ishlaydi va domiy ravishda yangilanib boradi. 

Starburst

Ushbu qandolat kompaniyasi o‘zining feysbukdagi sahifasini doimiy ravishda yangilab borish barobarida tarixi, kompaniya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etib boradi. Shuningdek, mashhur xonandalar tomonidan taqdim etilgan qo‘shiqlar haqida ham ushbu sahifa orqali ma'lumot olish mumkin.

Ben & Jerry's

Ben & Jerry's brendi hafta davomida ijod muxlislarni doimiy ravishda o‘zining reklamalari aks etgan qaynoq suratlari bilan qiziqtirib boradi. 

Skittles

Ushbu yirik qandolat kompaniyasi boshqa qandolat kompaniyalardan farqli o‘laroq birinchilardan bo‘lib o‘zi haqidagi reklamalarni joylashtirishda ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni boshlagan. Ushbu brend qiziqarli aksiya va ma'lumotlar bilan jalb etib boradi.  

Subway

Subway kompaniyasi o‘zi tayyorlab kelayotgan yangi turdagi sendvich va boshqa mahsulotlari haqida abonentlarni tanishtirib boradi. Sovg‘alar qo‘yilgan konkurslar, qiziqarli xabarlar muxlislarga manzur bo‘ladi.  

Oreo

Ushbu brend o‘ttiz millionga yaqin muxlislari feysbukda do‘stlari bilan bo‘lishishi uchun o‘zining yangi ko‘rinishlarini taqdim etib boradi. Feysbuk sahifasida kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan yangi turdagi pechenelarni reklama qiluvchi suratlar joylanib boradi. 

Nutella

Ushbu nom ostidagi shokoladli kremni sevib iste'mol qiluvchi ashaddiy muxlislar feysbukdagi sahifasi orqali kompaniya tarixi haqidagi ma'lumotlar, kamondan o‘q otish va qilichbozlik olimpiada o‘yinlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa fotosuratlardan bahramand bo‘lib boradilar. 

Rese’s

Bu brend taomlar muhrlangan suratlarni xush ko‘ruvchilar uchun bo‘lib, qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etib boradi. 

Red Bull

Ushbu brend, birinchi galda, o‘z muqovasida sport va sog‘lom hayot obrazini ifodalaydi. Kompaniya o‘z brendini doimiy ravishda yangilab turadi. Sport turlari ifoda topgan suratlar va videoroliklar namoyish etib boriladi. 

Coca-Cola

Ushbu brend turli yorliq va ilovalari bilan feysbuk foydalanuvchilarida yoqimli taassurot qoldirib boradi. 

Monster

Energetik sharbat ifoda topgan suratlar, jumladan, sport olami va sportchilar hayoti haqidagi qiziq ma'lumotlar ushbu brend orqali taqdim etib boriladi.

Fanta 

Yaqinda ushbu brend feysbukda 3D ko‘rinishida taqdim etildi. Brend qiziqarli va kulguli iboralar, mantiqiy savol javoblar, turli ko‘ngilochar internet o‘yinlarni taqdim etib boradi. 

Dr Pepper

Ushbu sharbat brendi o‘zining bugungi kundagi 12 millionga yaqin bo‘lgan muxlislarini o‘z sahifasida chop etilgan qiziqarli xabarlari, tanishish va do‘stlashish imkoni bilan  o‘ziga tortadi.

Starbucks

Birinchi galda brendning asosiy maqsadi boy tasviriy materiallarni moddiy tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ikkinchidan, kompaniya tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlar qiziqarli  ravishda joylashtirilib boradi.

Sprite

Ushbu brend doimiy ravishda yangi suratlar taqdim etib borsada, sahifa muqovasini tez tez yangilab bormaydi. 

Samsung

Samsung o‘z brendi orqali taqdim etayotgan mahsulotlari savdosini feysbuk orqali faol darajada olib boradi. Sahifa orqali Samsung mahsulotlariga tegishli bo‘lgan qiziqarli matn va hikoyalardan xabardor bo‘lib boruvchi muxlislar, tashkil etilgan  qiziqarli konkurslarda ham ishtirok etib, Samsung mahsulotlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Skype

Odamlarni bir biri bilan bog‘lab, tanishtiruvchi, muloqot imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoqning bir turi bo‘lgan Skype feysbuk sahifasida oddiy ko‘rinishda ifoda topadi.

Intel 

Ushbu sahifa sizga qiziqarli grafikali suratlar, statistik ma'lumotlarni taqdim etib boradi. Foydalanish davomida ushbu sahifaning qiziqarli ekanligiga o‘zingiz amin bo‘lib borasiz. 

PlayStation

PlayStation o‘z sahifasi orqali feysbuk muxlislariga yangi o‘yinlarni skrinshot qilish orqali o‘rganish yo‘llarini o‘rgatadi.

The New York Times

Ushbu brend o‘z sahifasida hayotda aks etgan qiziqarli daqiqalar va ushbu onlar  muxrlangan suratlarni taqdim etib boradi. 

Livestrong 

Livestrong sahifasi o‘zi haqidagi qiziqarli suratlar bilan birgalikda muxlislarni o‘ziga jalb etuvchi bloglari bilan ajralib turadi. 

Walmart

Ushbu brend yil davomida tez tez o‘z muqovasini almashtirib turadi. Brendning falsafiy mazmundagi suratlari foydalanuvchilar e'tiboriga doimiy ravishda taqdim etib boriladi. 

Dove

O‘quvchilar sahifada brend bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlarni o‘qib boradilar. Kompaniya dunyodagi barcha ayollar o‘zini go‘zal va maftunkor his qilishini istaydi. Shu bois o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni taqdim etish barobarida, qiziq maqolalar, maslahatlar bilan ayollar e'tiborini o‘ziga jalb etib boradi

Disney

Ushbu sahifada taqdim etiladigan manbalar orqali Disney kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan afsonaviy filmlarni topish imkoniga ega bo‘lasiz. 

 

Manchester United

Bugungi kunda birinchi o‘rinda turuvchi futbol klublaridan biri bo‘lgan Manchester United brend muqovasida aks etib turadi. Shuningdek, futbol klubi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, yangiliklar batafsil yoritilib boriladi. 

Paddy Power 

Agar siz sport ishqibozi bo‘lsangiz, tavsiya etiluvchi brendlardan biri Paddy Power bo‘ladi.

YouTube

60 million va undan ortiq «layk»lardan bilish mushkul emaski, YouTube sahifasi o‘z videokontentlari bilan eng ommabop bo‘lgan sahifalardan biri hisoblanadi. YouTube orqali siz ham o‘z videolavhangizni joylashtiring va ushbu videolavhaning qisqa daqiqalarda xit darajasiga ko‘tarilishiga amin bo‘lasiz.

iTunes

iTunes  sahifasida barcha ma'lumotlar musiqa bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur brend sahifa muqovasi uchun yangi suratlar taqdim etish orqali abonentlar diqqatini jalb etib boradi.

Mozilla Firefox

Mozilla Firefox muqovasi bir qarashda abonentlar uchun eskirgan va zerikarli tuyulsa-da, ushbu kompaniyaning ishga bo‘lgan layoqati ko‘plab internet foydalanuvchilarini ilhomlantirib kelayotganini tan olish kerak.  

Brendlar qatorida, albatta, feysbuk sahifasi ham e'tibordan chetda qolmadi.