Fan-texnika | 00:19 / 27.05.2016
10691
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi birinchi g‘aroyib yugurish velosipedi

Agar velosiped haydashni foydali sport turi deb hisoblamasangiz, unda yangi g‘aroyib Lopifit elektron modeli sizga mos kelishi mumkin. Unda pedalni bosish o‘rniga velosiped ramkasiga o‘rnatilgan yugurish yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanishga to‘g‘ri keladi. Mazkur gibrid Niderlandiyada allaqachon aholi punktlari hamda ular orasidagi yo‘llarda harakatlanish uchun eng qulay vosita sifatida mashhurlikka erishdi. 

Ochiq havodagi eng yaxshi sport turiga nima yetsin. Yana u uzoqni yaqin qilsa yanada foydali bo‘ladi. Lopifit’da oddiy velosipedga nisbatan 4 karra tezroq harakatlanadigan Quantum elektromotori joylashgan. Yurish zapasi - 55 km. Qiyalikdan pastga qarab harakatlanayotgan vaqtda dvigatelni avtomatik o‘chirish va burilish yoki tormoz funksiyalarini yoqish imkoni mavjud. Noodatiy yugurish velosipedi olti xil rangda taqdim etiladi. Shuningdek, uning yukxonasi, 2.3 metr oldindagi yo‘lni yorituvchi LED chiroqlari va akkumulyator indikatori bor. Lekin mazkur g‘aroyib va foydali transport vositasining narxi arzon ham emas – 1899 yevro.